Nikaragua prezidenti Daniel Ortega ma'lum qildiki, AQShning Kubani blokada qilish bo‘yicha yuritgan siyosati Haaga sudida ko‘rib chiqilishi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Bu blokada aynan insoniyatga qarshi jinoyatdir, bu ishni Xalqaro jinoiy sudda ko‘rib chiqish kerak», — degan Ortega Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro bilan Havanadagi xayrlashuv marosimi vaqtida qilgan chiqishida.

Bundan avvalroq, AQSh ilk marta Kuba blokadasini bekor qilish bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz bermagani ma'lum bo‘lgandi.