Gretsiya poytaxti Afinada joylashgan kafelardan birida portlash ro‘y berdi.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, portlash oqibatida 38 yoshli ayol halok bo‘lgan va 6 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan.

Politsiya hodisa joyini halqa bilan o‘rab olgan.

Qayd etilishicha, portlashdan keyin kafe hududida yong‘in boshlangan.

Portlash sabablari hozircha ma'lum emas.