Hutterjoel YouTube-kanalida "Formula-1" poygasining 2016 yilgi mavsumida yuz bergan barça töqnaşuvlar aks etgan video çop etildi. 12 daqiqadan köproq davom etuvçi rolikda poyga bolidlarining özaro töqnaşuvlari va haydovçilarning trassadan çiqib ketişlariga olib kelgan xatolarini köriş mumkin. 

Poyganing 2016 yilgi mavsumi noyabr oxirida Abu-Dabi Gran-prisi bilan yakunlandi. Gran-prini Lyuis Xemilton yutganiga qaramasdan, çempionlik unvoni Mercedes-AMG jamoasining yana bir poygaçisi Niko Rosbergga nasib etdi. Rosberg marraga ikkinçi bölib yetib kelgani uçun olgan oçkolari Xemiltonni umumiy hisobda ortda qoldirişiga yetarli böldi. Mercedes-AMG jamoasi esa muddatidan avval poyganing muhandislar kubogini qölga kiritdi. 

Poyganing joriy mavsumida 21 ta bosqiç böldi. Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) 2017 yilgi "Formula-1" taqvimining yakuniy versiyasini çop etdi. Navbatdagi mavsumda 20 ta bosqiç böladi, unda boşqa Germaniya Gran-prisi bölmaydi. Mavsum 26 mart kuni Avstraliyadagi poygadan boşlanadi.