Jahon | 13:12 / 01.12.2016
4754
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti Rossiyani respublikaning strategik sherigi deb biladi

Foto: akipress

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiyani respublikaning eng asosiy strategik sherigi deb atadi. Bu haqda u Bishkekdagi matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

"Tariximizdan kelib chiqadigan bo‘lsak, Rossiya tashqi siyosatdagi eng asosiy sherigimiz bo‘lishi aniq", - dedi u. Shu bilan bir qatorda, respublika “barcha davlatlar, ayniqsa qo‘shnilar bilan” do‘stona munosabatlarga harakat qilishi aytildi. “Muddatim yakuniga qadar, barcha qo‘shnilar bilan munosabatlarda ijobiy olg‘a siljishlar kuzatiladi”, - ta'kidlab o‘tdi u.

Shuningdek, Xitoy ham Qirg‘izistonning muhim sherigi ekani xabar qilingan. “Markaziy Osiyoda beqarorlik yuzaga kelsa, bu Xitoyga ham ta'sir ko‘rsatishi aniq”, - deb hisoblaydi Atambayev. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid