"Arab bahori" – Yaqin şarqning qator mamlakatlarida amalga oşirilgan inqilob va davlat töntarişlari – yirik davlatlar tomonidan Yaqin şarqdagi manfaatlarini taqsimlaşni boşlaşga turtki böldi. Falastin rahbari Mahmud Abbos, "Al-Jazira" telekanaliga köra, şunday bayonot bergan.
"Men "arab bahori" hodisalariga öta salbiy yondaşaman. Bular yangi Sayks-Piko kelişuvi (ötgan asr boşlarida Yevropa davlatlarining Yaqin şarqdagi manfaatlariga oydinlik kirituvçi maxfiy kelişuv)ga tayyorgarlik böldi va arab davlatlari hamda xalqlariga qarşi qaratildi", - degan Abbos. U Ramallohda Falastinni ozod qiliş harakati s'yezdida şunday fikrni bildirgan.
Uning sözlariga köra, "suriyaliklar va boşqa arab davlatlari "arab bahori"dan qayğu-alamdan boşqa narsa orttirmagan".
"Hozirgi vaqtda mintaqada bölayotgan voqealarning arablar va bahorga umuman aloqasi yöq", - degan Abbos.













