17:28 / 02.12.2016
14543

FIFA «yil murabbiyi» nomiga da'vogar yakuniy uchlikni e'lon qildi

FIFA rasmiy saytida 2016 yil murabbiyi nomi uchun yakuniy uchlik ma'lum qilindi.

Klaudio Raneri («Lester»), Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi) va Zaynidin Zidan («Real») FIFA nazdida yil murabbiyligiga nomzodlar hisoblanadi.

Tarixda ilk marta yil murabbiyini aniqlashda oddiy muxlislar ham ishtirok etmoqda. Ular FIFA rasmiy saytida o‘z tanlovlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Eng yaxshi murabbiy FIFA taqdimot marosimida e'lon qilinadi. Marosim 2017 yilning 9 yanvarida Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxatning kengaytirilgan ko‘rinishidan yana Dide Desham (Fransiya), Yoaxim Lyov (Germaniya), Kris Koulman (Uels), Lars Lagerbek (Islandiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi), Maykl O'Nil (Shimoliy Irlandiya), Unai Emeri («Sevilya»/«PSJ»), Loran Blan («PSJ» sobiq bosh murabbiyi), Xosep Gvardiola («Bavariya»/«Manchester Siti»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Luis Enrike («Barselona»), Xerardo Martino (Argentina terma jamoasi/«Atlanta Yunayted»), Maurisio Pochettino («Tottenxem Xotspur»), Diyego Simeone («Atletiko»), Ignasio Ambriz («Amerika»), Xuan Antonio Pitstsi (Chili), Reynaldo Rueda («Atletiko Nasonal») va Ruy Vitoriya («Benfika») o‘rin olgan edi.

Top