Kolumbiyada Braziliyaning "Şapekoense" jamoasi futbolçilari bölgan samolyot halokatida qurbon bölgan barça 71 kişining şaxsi aniqlandi. Reyter agentligi qurbonlarning şaxsi aniqlanişi jarayoni yakunlangani haqida ma'lumot berdi.
Agentlik ma'lumotiga köra, jasadlar solingan tobutlar juma kuni Braziliyaning Şapeko şahriga yetkaziladi. Marhumlarning jasadlari harbiy samolyot orqali yetkaziladi.
Futbol klubining jamoatçilik bilan aloqalar bölimi direktori Andrey Kopettining sözlariga köra, tobutlar klub stadioniga olib boriladi. Bu yerda marhumlar bilan vidolaşuv marosimi ötkaziladi. Marosimda Braziliya prezidenti Mişel Temer iştirok etişi kutilmoqda.
Samolyot 29 noyabr kuniga ötar keçasi Kolumbiyaning Medelin şahriga 50 km masofa qolganida qulab tuşdi. Havo kemasi bortida 77 kişi bor edi — ekipajning 9 nafar a'zosi va 68 yölovçi (Braziliya futbol jamoasi futbolçilari va xodimlari hamda jurnalistlar).
"Şapekoense" Sudamerikano kubogining birinçi final bahsini ötkaziş uçun Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" maydoniga ketayotgandi.
Halokatdan 6 kişi omon qoldi, ularning 3 nafari futbolçilardir: Alan Ruşel, Jyekson Folman va Xelio Samper Neto.
Internetda samolyot uçuvçisi bilan aviadispetçer örtasida bölib ötgan suhbatning sönggi daqiqalari yozilgan audio paydo böldi.
Unga köra, samolyot uçuvçisi dispetçerga bir neça marta murojaat qilib, elektr uskunalar töliq işdan çiqqani va yoqilği tugab borayotganini aytib, qöniş uçun ruxsat söragan.
Oxir oqibatda samolyot Medelin şahri yaqinida, aeroportdan 50 km uzoqlikda yerga qulagan. Yoqilği tugagani sababli samolyot portlab ketmagan va bu bir neça nafar yölovçining tirik qolişiga sabab bölgan.
Samolyot uçuvçisi sönggi bor 9 ming fut (2700 metr) balandlikda aloqaga çiqqan.

















