Forbes barça davrlarning eng qimmatbaho sovğalari reytingini taqdim etdi.

Birinçi örinni 186 karatli "Köhinur" olmosi egallagan bölib, bunday noyob sovğa 1849 yilda Sikx davlatining sönggi maxarajasi Dalip Singx tomonidan Britaniya qiroliçasi Viktoriyaga hadya etilgan.
Ikkinçi örinda 1770-yillarda AQŞ mustaqilligi uçun uruşda Fransiyaning 20 milliard dollar (hozirgi kursga aylantirilganda) körinişidagi sovğasi qayd etilgan. Jurnalda ta'kidlanişiça, bu yirik fransuz inqirozi va inqilobiga olib kelgan.

Uçinçi örin Cartier marvaridiga nasib etdi. Bunday ajoyib sovğa 1917 yilda bank xodimi Morton Plank tomonidan turmuş örtoğiga taqdim etilgan. Zamonaviy ölçamlarga köra, bu ayollar bezagining narxi - 20 million dollar.
2003 yilda milliarder Leonard Lauder Metropoliten-muzeyga özining 1,1 milliard dollar qiymatga ega san'at kolleksiyasini hadya qilgan. Uşbu kolleksiyadan Pablo Pikasso, Jorj Brak va boşqa taniqli musavvirlarning san'at asarlari joy olgan. Bu reytingning törtinçi satrida qayd etilgan.

Roman Abramoviçning turmuş örtoğiga atalgan sovğalari beşinçi poğonani zabt etgan: milliarder xotiniga yuz million dollarlik san'at asarlarini tuhfa qilib keladi. Bunga Alberto Jakomettining 14 million dollarga baholangan haykaltaroşlik namunasini misol qiliş mumkin.

Oltinçi örinda - aktyor Riçard Bertonning 1969 yilda özining turmuş örtoği aktrisa Elizabet Teylorga sovğa qilgan 68 karatli olmosi. Prezentning zamonamizga moslangan bahosi - 6,6 million dollar.















