Afina, Mexiko, Madrid va Parij merlari Mexikoda dunyo shaharlari yetakchilari uchrashuvida 2025 yilgacha dizel yoqilg‘ida ishlovchi yengil va yuk mashinalarini taqiqlashga kelishib oldilar.
Kelishuv elektrokar, gibrid va vodorodda ishlovchi mashinalarni qo‘llash, shaharlarda sayr hududlari va velosipedlar uchun infratuzilmalarni rivojlantirishni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi.
Bu shaharlarning barchasi havoning yomonligidan aziyat chekadi. Parijda ayni vaqtda 1997 yilgacha ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarga kirish taqiqlangan, shahar markazidagi yo‘llar esa yo‘lovchi hududlariga aylantirilmoqda.
Bu shaharlar merlari dizel yoqilg‘ida ishlovchi avtomobillar harakati taqiqlangan Tokiodan o‘rnak oladilar.











