Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonga yangi ikkita qarorgoh quriş rejalaştirilmoqda. Ularning biri Qörğonteppa, boşqasi esa Kölobda joylaşadi.
Bunday qaror Tojikiston hukumati tomonidan qabul qilingan. Unda aytilişiça, “Tojikiston Respublikasi prezidentining Qörğonteppa şahridagi qarorgohi” va “Tojikiston Respublikasi prezidentining Kölob şahridagi qarorgohi” Davlat unitar korxonalari taşkil etiladi.
Hujjat TR hukumati raisi Imomali Rahmon tomonidan joriy yilning 12 noyabr kuni imzolangan.
TR prezidenti devoniga esa ikki oylik muddat içida taşkiliy-huquqiy masalalarni hal etiş yuklatildi.
Şuni ta'kidlab ötiş lozimki, Tojikiston prezidentining hozirça yagona rasmiy qarorgohi – “Millatlar qasri” bölib, u Duşanbe şahrida joylaşgan.
Bu inşoot ötgan yili dunyoning eng çiroyli prezident qarorgohlari reytingida ikkinçi örinni egallagan. U faqatgina Oq uyga imkoniyatni boy berdi.
Eslatib ötamiz, “Millatlar qasri”ning qurilişi 2000 yilda boşlangan bölib, 2008 yilda öz yakuniga yetdi. Qarorgoh 280 dan ziyod xonaga ega bölib, umumiy maydoni 9 ming kvadrat metrga teng.














