Sport | 08:53 / 03.12.2016
3650
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro avtomobil federatsiyasi avtosportdagi mukofotlarni topshirdi

Foto: © AFP

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Venadagi tantanali kechada avtosportda 2016 yil yakunlarini sarhisob qildi va o‘z sinfidagi mashinalarda poygalarni yutgan poygachilarni mukofotlar bilan taqdirladi. Bu haqda FIA matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Kechaning bosh mukofoti "Formula-1" poygasining joriy mavsumini yutgan Niko Rosbergga topshirildi. Bundan avval Rosberg poygani tark etishini ma'lum qilgandi.

"Bu yil men uchun og‘ir yil bo‘ldi, axir men o‘zimdagi borini bunga berdim. Men bolalikdagi orzuimga erishdim, keyin esa yuragim menga to‘xtash va o‘zimni boshqa narsaga bag‘shida qilish vaqti kelganini aytdi", deb aytdi poygachi marosimda.

Shuningdek, "Red Bull" jamoasi poygachisi Maks Ferstappen ketma-ket ikkinchi yil "Yil shaxsi" deb topildi va "Yil harakati" yo‘nalishida mukofot oldi. Poygachi bu mukofotni Braziliya Gran-prisida ho‘l trassada Rosbergdan o‘zib ketgani uchun oldi.

Yilning yangi poygachisi 18 yoshli shved Kevin Xansen bo‘ldi, u joriy yilda ralli-kross bo‘yicha Yevropa chempionatining "Superkar" yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, ralli bo‘yicha 4 karra jahon chempioni Sebastyan Ojye va uning shturmani Julen Ingrassiya ham mukofotlandilar.

 

Mavzuga oid