AQSh prezidenti Barak Obama o‘z lavozimidan ketishi oldidan Vashingtondagi archa yonida ommabop Rojdestvo qo‘shig‘i "Jingle Bells"’ni ijro etdi. Bu holat tasvirlangan videoyozuv Oq uyning tvitter-akkauntida joylashtirildi.
      
Yozuvga ko‘ra, Obama Yangi yildan keyin o‘z lavozimini tark etishga ma'nan tayyor va bayramona kayfiyatni namoyish qilmoqda. Keyingi yilda Obamaning o‘rnini Donald Tramp egallaydi.