Kanadalik olimlar suratdagi tasvirni öqib, u haqida qöşiq yaratadigan dastur ixtiro qilişdi. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda.
Dekabr boşida Torontoda suratdagi tasvirni skanerlab qöşiq yaratadigan dasturni taqdim qilişdi. Ma'lum qilinişiça, dastur yaratuvçilari 100 soat musiqani öz içiga olgan ma'lumotlar bazasi yordamida dasturni qöşiq yaratişga örgatişgan.
Bundan taşqari, olimlar dastur qöşiq matnini tuza olişi uçun musiqasiz, qöşiqlar matnining özi yozilgan 51 soatlik audioyozuvni qöllaşdi.
Natijada qöşiq yaratuvçi sun'iy ongning söz boyligi 3400 ga yaqin ingliz sözidan iborat böldi.

















