Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vazirligida Rossiya parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2016 yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi parlamenti Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida senatorlar Vladimir Jabarov, Mixail Kozlov, Sergey Lisovskiy va Dmitriy Mezensev bor.
Rossiya delegatsiya a'zolari O‘zbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida hududlarga tashrif buyurish to‘g‘risidagi rejalarini o‘rtoqlashdilar.
Muloqot davomida dolzarb O‘zbekiston-Rossiya kun tartibi nuqtainazaridan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026