Fazoga sayohat qilişni istaganlar uçun möljallangan VSS Unity kemasi SpaceShipTwo negizida barpo etilgan. U özining ilk sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oşirdi, deb xabar qilinmoqda milliarder Riçard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi saytida.
Brenson öz Twitter sahifasida qurilma suratini joylaştirib, «VSS Unity bugungi muvaffaqiyatli parvozidan söng uyiga uçmoqda» degan izohni qoldirgan.
Virgin Galactic saytida qayd etilişiça, sayyohlik fazo kemasining parvozi 1 soat 20 daqiqa davom etgan, şundan 10 daqiqasida VSS Unity taşuvçidan ajralgan holda erkin parvoz qilgan. Şundan söng, qurilma yerga qöngan. Bu vaqtda, havo kemasi bortida ikki nafar uçuvçi: Mark Stakki va Deyv Makkey bölgan.
VSS Unity şu yilning fevral oyida Kaliforniyaning Moxav kosmodromida namoyiş qilingan edi. Öşanda u Yerga yaqin orbitaga 2 uçuvçi va 6 nafar sayyohni olib çiqa olişi aytilgan edi.













