Italiya Asosiy qonunini isloh qilishga qarshilar saylovda yetakchilik qilmoqda. Bu haqda, RaiNews24 telekanali IPR-Marketing va Istituto Piepoli tomonidan o‘tkazilgan ekzit-pol natijalariga tayangan holda xabar qilinmoqda.

Islohot o‘tkazish rejasiga «yo‘q» deb javob berganlarning taxminiy soni 54-58 foizni tashkil etadi. 42dan 46 foizgacha bo‘lgan saylovchilar o‘z roziliklarini bildirishgan.

Referendumda ovoz berish uchun ochilgan saylov uchastkalari kechki 23:00gacha faoliyat ko‘rsatgan. Xabarlarga ko‘ra, saylovchilarning 57 foizi ovoz berish jarayonida qatnashgan.

Hukumat qonun loyihasi mamlakat senati vakolat va vazifalarini o‘zgartirishni ham ko‘zda tutadi. U milliy parlamentda muhokama qilingan va 12 aprelda tasdiqlangan edi.

Bundan tashqari, Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi islohotlarga qarshilar g‘alaba qozongudek bo‘lsa, iste'foga chiqishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi.