Misrning «Zamalek» klubi mamlakat milliy çempionatidan çiqib ketişi haqida e'lon qildi. 

«Bu mavsumda çempionatdagi iştirokimizni davom ettirmaymiz. Hakam Ibrohim Nur ad-Din – poraxör, men unga bunday tirikçilik qilişiga yöl qöymayman. Uşbu mavsumda boşqa öynamaymiz, hakamlar bizni majaqlab taşlaşmoqda. Hani Abu Rido (Misr futbol federatsiyasi vitse-prezidenti) barça jihatlar standartlarga mos bölişini ta'minlay olmayapti.

Bu safar hazillaşayotganim yöq. Butun direktorlar kengaşi mavsumni davom ettirişimizga qarşi bölmoqda. Yo biz keyingi öyinda maydonga tuşmaymiz, yoki men ketaman. Men hakamlarning bosimiga boşqa çidab tura olmayman», – degan «Zamalek» prezidenti Murtazo Mansur.

Ötgan yil dekabrida ham «Zamalek» hakamlar tufayli çempionatdan çiqib ketişini e'lon qilgandi. Öşa mavsumda jamoa 2-örinni egallagan bölsa, hozirga kelib 6-örinda borişmoqda.