Bugun ÖFAda hakamlar va jurnalistlar örtasida keçgan oçiq muloqotda Superliga 8-turidagi «Paxtakor»-«Navbahor» öyinidagi bahsli holatlar muhokama qilindi. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri xabar bermoqda.

11 may kuni Toşkentda bölib ötgan öyinning sönggi daqiqalarida töp yon çiziqdan öyinga kiritilgaç, qanot hakami Ruslan Samandarov bayroqçasini kötarib, ofsayd holatini qayd etgan, boş hakam Zokir Qodirov esa uning qarorini tasdiqlagan edi. Natijada uşbu ikki hakam şu kunning özidayoq diskvalifikatsiya qilindi – Qodirov uçta öyinga, Samandarov nomuayyan muddatga çetlatildi.

Holat yuzasidan Ravşan Ermatov fikr bildirdi.

«Hammamizga ma'lum, bu – xato. Lekin bilasizlar, «Paxtakor»-«Navbahor» öyini oxirgi yillarda... Çempionatimizda oldin bölardi-ku, «Paxtakor»-«Neftçi» bölardi, «Paxtakor»-«Bunyodkor» bölardi. Bugungi kunda men uçun eng qiyin öyin – «Paxtakor»-«Navbahor». Menimça, bu fikrga qöşilsangiz kerak. Hakamlardan söraganimizda hammasi: «Qani edi, men şu öyinga tuşmasam», deb turadi.

Vaqtni körib turibsizlar, 95-daqiqa. Çarçoq, oğir öyin. Inson omili bor... Sizlarda nimanidir yozganda xato qilib, uni öçirib, yana yoziş imkoni bor. Lekin afsuski hakamlarda bu narsa hozirça yöq. Şuning uçun rahbariyatdan iltimos qilib sörayapmiz – VAR tizimi loyihasi turibdi. Darvoza orqasidagi hakamlarni ham sinab kördik. Lekin darvozaorti hakamlaridan Yevropa ham, OFK ham voz keçmoqda. Çunki ularning faoliyati bilan xatolarning soni sezilarli ravişda kamaymayapti.

«Navbahor» murabbiyi Kançelskis ham aytdi, futbol – xatolar öyini. Murabbiylar ham, futbolçilar ham, hakamlar ham qayerdadir xato qiladi. Lekin hamma öz xatolari ustida işlasa, örtadagi hurmat saqlab qolinadi.

Ha, xato böldi. Lekin 22 futbolçi bir joyga yiğilib olib, nimani muhokama qilişyapti? Nimaga urişişyapti? Bu narsalar nega kerak? Bu haqda matbuotda birorta ham maqola körmadim. Muxlislar futbol körişga kelişadi-ku, bunaqa uruşni emas. Bölmasa, boksga yoki yakkakuraşlarga borsin».