Yaponiya hukumati Jahon savdo taşkiloti (JST) mezonlari asosida Xitoyni bozor iqtisodiyotiga ega davlat deb e'tirof etmaslikka qaror qildi. Bu esa öz navbatida Pekinga nisbatan turli savdo çeklovlari kiritişni va aksildemping tölovlarini joriy qilişni qulaylaştiradi. AQŞ va YeI ham xuddi şunday qaraşni egallaydi, deb yozmoqda Yaponiyaning eng yirik "Iomiuri" naşri.
JST qoidalariga köra, "bozor iqtisodiyotiga ega bölmagan davlat"ni belgilaş mezoniga milliy sanoatni himoya qiliş uçun hukumat subsidiyalari mavjudligi, eksportni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş kabilar kiritiladi. Bu öz navbatida şu kabi mamlakat mahsulotlariga aksildemping tölovlarni joriy qiliş va boşqa turdagi qarşi çoralarni körişga asos böladi, deb yozadi "Iomiuri" naşri.
Hozirda XXR özining metallurgiya va kimyo sanoati mahsulotlarini keng miqyosda eksport qilmoqda. Ayni şu narsa global miqyosda narxlarni tuşirmoqda. Yaponiya hukumati şu munosabat bilan Xitoyning uç toifadagi mahsulotlariga nisbatan aksildemping tölovlarni joriy qildi.
Ammo, deb yozadi gazeta, Xitoyni "bozor iqtisodiyotiga ega bölmagan davlat" sifatida tan oliş Pekin noroziligiga sabab bölişi va Xitoy bilan munosabatlarda muammolarni paydo qilişi mumkin.

















