Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oklenddagi musiqiy kechada chiqqan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 33 nafarga yetdi
AQShning Oklend shahridagi omborxonada musiqiy kecha o‘tkazilayotgan vaqtda chiqqan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 33 nafarga yetdi. Bu haqda shahar hokimiyati ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin. O‘t o‘chiruvchilar ikki qavatli omborni tekshirish vaqtida 30 dan ko‘proq jasadni aniqlashgan, biroq ular omborning faqatgina yarmini ko‘zdan kechirib chiqishgan. Ta'kidlanishicha, qurbonlar orasida balog‘atga yetmaganlar ham bo‘lgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in vaqtida omborda 50-100 nafar odam bo‘lgan. Yong‘in sababi hali o‘rnatilmagan.
Ombor binosida shunga o‘xshash biror-bir tadbirni o‘tkazishga ruxsat berilmagan. Bundan tashqari, bino yong‘inga qarshi tizim bilan jihozlanmagan bo‘lgan. Bu yerda noqonuniy ravishda bir necha kishi yashagan. Oklend ma'muriyati ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan. 17 noyabrda tergovchilardan biri binoga kirishga harakat qilgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Omborda kim yashagani haqida aniq axborot yo‘q. Yong‘inda omon qolganlardan birining aytishicha, omborda 18 rassom yashagan.
Yong‘in shahar tarixida qurbonlar soni bo‘yicha eng yiriklaridan biri bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:26
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05
AQSh va Eron muzokaralari qanday ketyapti?
17:48