Indoneziyaning qoramol taşiş bilan şuğullanuvçi Sinar Mutiara kemasi ekipajning 16 a'zosi bilan birga Yava dengizida joylaşgan Madura oroli yaqinida çökib ketdi. Halokatning aniq joyi ma'lum emas.

Tekşiruvda aniqlanişiça, kemadagilardan biri halokat haqida oila a'zolaridan biriga telefon orqali ma'lum qilişga ulgurgani aniqlangan. U kema Madura yaqinida ekanini aytib, yordam jönatişni söragan.

"Dengizçining oilasi mahalliy hukumatdan zudlik bilan yordam körsatişni söragan", — deyilgan Antara agentligi xabarida.

Hozirça qidiruv amaliyoti foyda bermadi. Kema halokatiga kuçli tölqin sabab bölgani taxmin qilinmoqda.