Şimoliy Qozoğiston viloyati Petropavlovsk şahar sudi qişloqlardan birida yaşovçi Igor Çuprin ismli kimsani, tergov ma'lumotlariga köra, millatlararo adovatni qözğovçi va Rossiyaga qöşilişga çaqiruvçi postlari uçun 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Sputnik Kazaxstan xabar berdi.
Sudlanuvçi "Axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini qöllab milliy adovatni qözğaşga qaratilgan harakatlar" va "Qozoğiston Respublikasi unitarligi va yaxlitligiga putur yetkazişga qaratilgan taşviqot" moddalari böyiça aybdor deb topildi.
Sudlanuvçi bu postlarni Igor Çup taxallusi ostida "VKontakte" ijtimoiy tarmoğida 2014 yil 1 sentabrdan 2015 yil 20 mayigaça çop etib borgan. Sudning ta'kidlaşiça, Çuprin ijtimoiy tarmoqda qoldirgan xabar va izohlar uning qozoq millati vakillariga salbiy munosabatda ekanligini körsatgan.
Sud matbuot xizmatida Çuprinning sahifasida salbiy izohlar qoldirgan foydalanuvçilarga nisbatan ham sudgaça tergov olib borilayotgani ma'lum qilindi.

















