Sport | 11:37 / 06.12.2016
5581
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» «yangi Ibrahimovich»ni sotib olish bo‘yicha taklifiga rad javobi oldi

Madridning «Real» klubi murabbiylar shtabi Shvetsiyaning AIK klubi hujumchisi, Yevropada ko‘pchilik yangi Zlatan Ibrahimovich bo‘lishini bashorat qilayotgan Aleksander Isaakning xizmatlariga qiziqishi bildirmoqda, Bu haqda Expressen nashri xabar tarqatdi. 

Manba bergan xabariga ko‘ra, ispan klubi 17 yoshli Isaakni sotib olish bo‘yicha shved jamoasiga taklif bilan chiqqan, biroq rad javobi olgan. «Real» futbolchiga 8 mln taklif qilgan va Rojdestvo bayramigacha uni o‘z safiga taklif qilishni istagandi. Futbolchining agenti o‘z navbatida bir necha bor «Qirollik klubi» tomonidan qiziqish bo‘lganini tasdiqlagan. Ammo Isaak o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va o‘sishda davom etish uchun shoshilishni istamayapti.

Isaakning shvetsiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ibrahimovich o‘zining sobiq jamoalariga «yangi Zlatan»ni sotib olishni tavsiya qildi

17 yoshli futbolchining bitta o‘yinini tomosha qilish uchun jahonning turli klublaridan 90 nafar skaut keldi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid