Sport | 03:26 / 07.12.2016
7375
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. A guruhi «Arsenal» «Barselona»dan «qutulib qoladigan» bo‘ldi

Foto: Twitter/Champions League

Yevropa chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan so‘nggi tur uchrashuvlarida kutilmagan natija qayd etildi.

O‘z uyida «Ludogorets»ni qabul qilgan «PSJ» kutilmaganda g‘alaba qozona olmadi va birinchi o‘rinni «Arsenal»ga boy berib qo‘ydi. Har doim ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqib «Barselona» duch kelib qolishdan noliydigan Arsen Venger jamoasi bu safar kataloniyaliklarga ro‘baro‘ kelmasligi aniq bo‘ldi.

«Ludogorets» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqargan bo‘lishiga qaramasdan, Yevropa ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. «Bazel» uchun yevromavsum erta yakunlandi.

YeChL. 6-tur

PSJ (Fransiya) – Ludogorets (Bolgariya) 2:2 (0:1)
Gollar:
0:1 – 15 Vura, 1:1 – 61 Kavani, 1:2 – 69 Kristaldo, 2:2 – 90 Di Mariya.
PSJ: Areolya, Markinos, Maksvell (Kurzava, 80), Mene (Ore, 88), Tiago Silva, Motta, Matyuidi, Bin Arfa, Di Mariya, Lukas Moura (Xese, 85), Kavani.
Ludogorets: Stoyanov, Motsi, Plastun, Sisino, Natanael, Marselino (Kampanyaro, 86), Andrianantenaina, Jonatan Kafu, Kristaldo (Kesheryu, 90), Vura (Lukoki, 72), Dyakov.
Ogohlantirish: Motta (17).

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Bazel (Shveytsariya) – Arsenal (Angliya) 1:4 (0:2)
Gollar:
0:1 – 8 Peres, 0:2 – 16 Peres, 0:3 – 47 Peres, 0:4 – 53 Ivobi, 1:4 – 78 Dumbiya.
Bazel: Vatslik, Suxi, Traore, Lang, Alvares, Die (Dzuffi, 74), Chaka, Delgado (Dumbiya, 55), Elyunussi (Kalla, 59), Shteffen, Yanko.
Arsenal: Ospina, Holding, Gibbs, Gabriel, Koselni, Ozil (Uolkott, 74), Chaka, Ivobi, Remzi (Jiru, 70), Sanches (El-Nenni, 70), Peres.
Ogohlantirishlar: Gibbs (36), Alvares (66).

Mavzuga oid