Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. F guruhi. «Real» so‘nggi daqiqalarda 1-o‘rinni boy berdi
Foto: Twitter/ChampionsLeague
Bu guruhda so‘nggi turgacha guruhda kim yetakchi bo‘lishi va qaysi jamoa Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqishi aniqlanmay kelayotgandi. So‘nggi tur bu ikki nomga da'vogar ikkala jamoa uchun ham omadsiz yakunlandi.
«Real» o‘z uyida «Borussiya»ni qabul qilib bir soatga yaqin vaqt ichida 2 to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgandi. Biroq g‘alaba va 1-o‘rinni ushlab qolish Zidan jamoasiga nasib qilmadi. Avvaliga Obameyang Benzemaning dubliga javob bergan bo‘lsa, keyinroq zaxiradan maydonga tushgan Marko Roys tomonidan kiritilgan gol dortmundliklarga muhim ochkoni taqdim etdi va jamoa pley-offga birinchi o‘rinni egallab yo‘llanma oladigan bo‘ldi.
Yevropa ligasi yo‘llanmasini esa kutilmaganda «Legiya» jamoasi qo‘lga kiritdi. O‘z uyida «Sporting»dan ustun kelgan polshaliklar endi bahorda Yevropaning boshqa bir turnirida ishtirokini davom ettiradi.
F guruhi
Real (Madrid, Ispaniya) – Borussiya D (Germaniya) 2:2 (1:0)
Gollar: 1:0 – 28 Benzema, 2:0 – 53 Benzema, 2:1 – 60 Obameyang, 2:2 – 88 Roys.
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Kroos, 63), Kazemiro, Xames, Vaskes, Benzema (Morata, 85), Ronaldu.
Borussiya D: Vaydenfeller, Papastatopulos, Shmeltser, Pishchek, Bartra, Vaygl, Kastro (Rode, 80), Shyurrle (Roys, 61), Pulishich (Mor, 61), Obameyang, Dembele.
Ogohlantirishlar: Modrich (38), Kazemiro (69), Papastatopulos (71).
Legiya (Polsha) – Sporting (Portugaliya) 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 30 Gilerme.
Legiya: Malyaj, Jyeznichak, Gloushek, Bereshinski, Pazdan, Mulen, Kopchinski, Odjidja-Ofoe, Gilerme (Kuxarchik, 62), Radovich (Dombrovski, 90), Priyovich (Xyamyalyaynen, 86).
Sporting: Ruy Patrisiu, Koates, Zegelar (Andre, 68), Paulu Oliveyra (Eshgayyu, 58), Ruben Semedu, Markovich (Ruis, 59), Vilyam Karvalyu, Bruno Sezar, Adriyen Silva, Jyelson Martinsh, Dost.
Ogohlantirishlar: Kopchinski (36), Adriyen Silva (56), Jyeznichak (74), Odjidja-Ofoe (75), Radovich (79), Vilyam Karvalyu (81), Pazdan (81).
Chetlatish: Vilyam Karvalyu (85).
Mavzuga oid
17:03
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:47 / 08.05.2026