Özbekiston respublikasining saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bağişlab ötkazilgan tantanali marosimda ma'ruza qildi.

Prezident öz ma'ruzasida asosiy maqsad “Xalq qabulxonalari”ga qilingan heç bir murojaat e'tiborsiz qolmaydigan tizim yaratiş hisoblanişini aytib ötgan. U şuningdek, hokimlar bevosita xalq tomonidan saylanişini joriy etiş masalasi körib çiqilişini aytgan.

Bugun hayotimizning özi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta'minlaş masalasini dolzarb vazifa qilib qöymoqda.

Inson manfaatlarini ta'minlaş uçun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qiliş, ularning dardu taşvişlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxşi biliş kerak. 

Yaqinda bölib ötgan saylovoldi uçraşuvlarida men bir narsaga amin böldim. Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilişni unutib qöydik. Ularning içiga kirib, oçiq va samimiy gaplaşiş, dardini eşitiş bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi öringa tuşib qoldi.

Hozirgi vaqtda odamlar davlat idoralaridan nimani istayapti? Bu haqda gapirganda, e'tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqçiman.

Xabaringiz bor, şu yil 25 sentyabrda Boş vazirning internet tarmoğida elektron qabulxonasi taşkil etilgan edi. Ötgan davrda uşbu qabulxonaga fuqarolarimizdan 218 mingdan ortiq murojaat kelib tuşdi. Murojaatlarning qariyb 59 foizi yeçimini topgan bölsa, 41 foizi körib çiqilmokda.

Oçiq aytişim kerak, bu murojaatlar tahlilidan köp narsa ayon böldi. Ta'bir joiz bölsa, ular hayotimizda mavjud bölgan ötkir muammolarga közimizni oçib berdi.

Mana, odamlar nimalar haqida murojaat qilmoqda. Avvalo, ular turli sohalardagi byurokratik tösiqlarni olib taşlaş, qonunga zid bölgan köplab idoraviy yöriqnomalarni bekor qiliş, stavkasi optimal bölgan bank kreditlari ajratiş, tadbirkorlik böyiça noqonuniy tekşirişlarga barham beriş haqida, huquq-tartibot idoralarining faoliyati haqida murojaat qilmoqda.

Şu bilan birga, aholimizdan uy-joy qurilişi, kommunal, transport va savdo xizmati, energiya ta'minotini, yöllarning holatini yaxşilaş böyiça ham köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.

Körib turibsizki, aziz döstlar, bu talablarning barçasi qonuniy va adolatli. Bu borada ortiqça izohning hojati yöq, deb öylayman.