Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligi munosabati bilan 7 dekabr kuni “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali tadbir bölib ötdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat, san'at va sport namoyandalari, keng jamoatçilik, yurtimizda faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlarning elçixonalari va xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari vakillari iştirok etdi.

Unda Özbek xalqining sevimli şoiri va jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining sobiq rahbari, Özbekiston madhiyasining sözlari muallifi, «Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi» xalqaro ijtimoiy harakatining vitse-prezidenti va Özbekistondagi Intellektual mulk agentligi rahbari – Abdulla Oripovning “Men neçun sevaman Özbekistonni” şe'riy jarang soçdi.

Butun zal jim turib, unsiz köz yoş tökib bu satrlarni tingladi. Vatan tuyğusiga, muhabbatiga nima yetsin?!