Misrning sobiq davlat rahbari Muhammad Mursiyning öğli Şarqiya viloyati ma'muriy markazida hibsga olingan. Bu haqda "Al-Vatan" yangiliklar portali xabar qilmoqda.
Uning yozişiça, Usoma Mursiy Zakazik şahrida uşlangan. U mamlakatda faoliyati taqiqlangan "Musulmon birodarlar" tomonidan taşkil etilgan tartibsizliklarda iştirok etganlikda ayblanmoqda. Bundan taşqari, politsiya, armiya va davlat idoralari xodimlariga nisbatan xuruj qilgan.
"Musulmon birodarlar" vakili bölgan Muhammad Mursiy 2013 yil yozida davlat rahbarligidan ağdarilgan edi. Avvalroq, qamoqxonadan qoçganligi va ommaviy tartibsizliklarda qatnaşgani uçun u ölim jazosiga mahkum etilgan, ammo, 2016 yil noyabrida Mursiy işi takroriy suriştiruvga yuborilgandi. Hozirda u Qoxira yaqinidagi Tora qamoqxonasida saqlanmoqda.

















