Kasalliklarni nazorat qiliş va ularning oldini oliş markazlarining (AQŞ soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar vazirligining bölimi) dastlabki ma'lumotlari bu mamlakatdagi hayot davomiyligining qisqarişidan dalolat beradi. Ularga köra, amerikaliklarning 2015 yildagi örtaça hayot davomiyligi 78 yoşu 9,5 oyga teng. Bu 2014 yilgi körsatkiçga qaraganda bir oyga kamdir, sababi - 2015 yilda ölim körsatkiçlarining 2,7 milliongaça ösganligi (2014 yilga nisbatan 86 000ga köp). 

2015 yilda ölim körsatkiçining ösişiga asosan yurak-qon tomir kasalliklari natijasida hayotdan köz yumuvçi kişilar sonining ortişi sabab bölgan. Şuningdek qandli diabet, buyrak va öpka kasalliklari natijasida vafot etganlar soni ham 2014 yilga nisbatan ança yuqori. Bundan taşqari, 2015 yilda öz joniga qasd qiliş holatlari ham köpaygan. Ölim körsatkiçi kamaygan yagona kasallik - saraton böldi. 

Mutaxassislar bu borada bir fikrga kelişmagan. Ularning aksariyati bunga "ortiqça vazn epidemiyasi"ni sabab qilib körsatişmoqda. Ortiqça vaznga ega kişilarning yurak-qon tomir tizimi yurak xuruji (infarkt), falaj (insult) va şu kabi kasalliklarga moyil böladi. Biroq vazn bilan boğliq bölmagan tendensiyalar ham bor: öz joniga qasd qiliş va giyohvand moddalar iste'moli natijasida hayotni tark etayotganlar soni ösib bormoqda. 

Ekspertlarning ta'kidlaşiça, Amerika soğliqni saqlaş tizimi — daromad darajasi xuddi şunday bölgan mamlakatlar orasida u qadar muvaffaqiyatli hisoblanmaydi. U yerda kutilayotgan hayot davomiyligi Kuba körsatkiçlari bilan bir xil. Bunga AQŞ tibbiyotining yomonligi emas, mamlakatning aksariyat aholisi kambağalligi sababdir. Şu bois ular kubaliklardan farqli ölaroq, har doim ham kerakli davolaniş muolajalarini ololmaydilar. Tibbiy suğurtalar barça xarajatlarni qoplamaydi, millionlab amerikaliklar esa umuman suğurtaga ega emaslar. 

Umuman olganda, ijobiy yangiliklar ham bor. Yaxşi ta'minlangan yoki oliy ma'lumotli amerikaliklarda ölim holatlari köpayişi kuzatilmagan. Ölim sonining keskin ösişi aholining faqat kambağal qatlami orasida kuzatilmoqda.