10 dekabr kuni Stokgolm va Oslo şaharlarida tinçlikni tarğib etiş, tibbiyot yoki fiziologiya, fizika, kimyo,şuningdek, iqtisod sohasidagi kaşfiyotlar uçun 2016 yil uçun Nobel mukofoti öz egalariga topşiriladi. Bu haqda Nobel fondining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu yil laureatlar sifatida 11 kişi e'tirof etilgan. Stokgolm va Osloda ötadigan marosimda Bob Dilandan boşqa barça mukofot egalari iştirok etadi. Adabiyot böyiça Nobel mukofoti egasi Bob Dilan Stokgolmga kela olmasligini ma'lum qilgan.

Nobel kuni Osloda, Toşkent vaqti bilan 17:00da, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga mamlakatda 50 yildan ziyod vaqt mobaynida davom etgan fuqarolik uruşini töxtatgani uçun tinçlik yönalişi böyiça mukofot berişdan boşlanadi.

Stokgolmda Toşkent vaqti bilan 20:00da boşlanadigan taqdirlaş marosimida turli yönalişlarda, şuningdek, iqtisod yönalişi böyiça mukofotlar öz egalariga topşiriladi.