“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi raisining virtual qabulxonasi ishga tushdi
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashni yanada kuchaytirish maqsadida Ishonch telefonlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda kompaniya rasmiy saytida “Onlayn qabul”, “Fuqarolar murojaati”, “Savol-javob” kabi ruknlar tashkil etildi. Bu haqda "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ishlar samaradorligi yanada oshirish maqsadida xolding kompaniya boshqaruvi raisi A.Kamalovning virtual qabulxonasi ochildi. Endi fermerlar, tadbirkorlar va tizimida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar joylardagi sohaga oid masalalar yuzasidan savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya raisining www.rais.uzpse.uz portaliga yo‘llashlari mumkin.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
12:14 / 11.01.2024
O‘zbekiston statistika portali sinov rejimida ishga tushirildi
11:03 / 12.07.2023
Davlat mulki obektlari bilan savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar portali ishga tushiriladi
15:33 / 04.03.2023