Amerikaning Fox News telekanali boşlovçisi Janin Pirro öz dasturi efirida Barak Obamani jiddiy tanqid ostiga oldi. Bu holat uning AQŞdagi prezidentlik saylovlariga “rossiyalik xakerlar”ning ehtimoliy aralaşuvi yuzasidan tekşirişni aynan hozir boşlagani sabab yuz berdi.

— Siz jiddiy gapiryapsizmi? Nega, nega aynan endi, janob prezident?! Siz WikiLeaks ma'lumotni çop etayotganini bir neça oylar davomida kuzatib keldingiz. Siz Hillari Klinton, Jon Podestalarning maktublari ommaga taqdim etilişini kördingiz. Hattoki bir oğiz söz ham aytmadingiz! Endilikda sizning nomzodingiz mağlubiyatga uçradi, buni esa siz avvalroq özingiz uçun şaxsiy haqorat deb atagandingiz. Endi tekşiruvlarni boşlaşga qaror qildingiz... Nega endi hozir? – deya savol bergan teleboşlovçi.

Ma'lumot uçun, Amerika hukumati avvalroq Rossiyani mamlakat Demokratik partiyasi serverlarini buzib kirişda ayblagandi. Şu tariqa, AQŞ hukumatining fikriça, Moskva prezidentlik saylovlari natijalariga öz ta'sirini körsatişga urinib körgan. Kremlda esa xakerlik hujumlarini rad etişdi.