Qozoğistonning Yevro-5 navli benzini Ğarbiy-Qozoğiston viloyatida sotuvga çiqdi. Bu haqda "Qozoğiston taraqqiyot banki" AJ saytida xabar qilinmoqda.

"Kondensat" AJ ekologik tasnifdagi avtomobil yoqilğisining tijoriy işlab çiqarişini yölga qöygan. 12 dekabr kuni Aqsay şahrida ilk benzin taşuvçi maşinani kompaniya zapravkasiga yuboriş marosimi bölib ötgan.  

"Yiliga 200 ming tonnadan ortiq benzin işlab çiqariş quvvatiga ega zavodni barpo etişga 26 milliard tengedan (77 mln AQŞ dollariga yaqin) ortiq mablağ sarflangan bölib, Qozoğistonning ğarbiy mintaqalarida yuqori oktanli benzinga bölgan talabni ta'minlaş imkonini beradi. Şu bilan birga, neftni qayta işlaş jarayonida olinadigan boşqa mahsulotlar, xususan gazoyl va gudronni eksport qiliş mumkin", - deyiladi xabarda.

"Kondensat" AJ 2017 yilda 487 301 tonna neft mahsuloti işlab çiqarişni rejalaştirgan. 

Yuqori oktanli Yevro-5 navli benzin işlab çiqarişning loyihaviy quvvati 200 ming tonnani taşkil etadi.