Internet tarmoğida Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev iştirokidagi "Tarix qanday barpo etildi" filmidan qismlar paydo bölmoqda. Nazarboyev va boşqalar iştirokidagi "davra suhbati"da Qozoğiston mustaqilligining 25 yili mobaynida röy bergan turli voqealarni xotirlaşadi.
"Bir lahza tasavvur qiling, agar barça generallar armiyaga "bos" deganda nima bölardi? Ular barçasini öz qöllariga olişga urinişganida. Axir öşa vaqtda dunyoning aksar hududida şunday bölayotgan edi", - deya xotirlagan Nazarboyev mustaqillikning dastlabki yillari haqida, Akorda tomonidan e'lon qilingan videoda.
Bundan taşqari, prezidentning yodga olişiça, butun bir avlod nafaqat xorijga çiqa olmas edi, balki ularni kiritişmas edi.
Nazarboyev, şuningdek, poytaxt masalasiga ham töxtalgan: "Bizda qanday? Sovuq şamol faqatgina şlyapani emas, odamni ham uçirib ketişi mumkin. Yozdagi çivinlar qanaqa bölişini bilasizmi?", - degan Nazarboyev.
Prezident atrofida Axmetjan Yesimov, Imangali Tasmagambetov, Nurlan Smagulov, Kasim-Jömart Tokayev va boşqa taniqli tadbirkorlar va siyosat arboblari ötirişgan.
Videoni Tengrinews TV taqdim etgan.












