Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy 2018 yilda Rossiya prezidenti lavozimi uçun kuraşiş istagini bildirdi. Siyosatçining bu boradagi videomurojaati uning nomzodini prezident lavozimiga ilgari suriş böyiça kampaniya saytida joylaştirildi.
"Bir yildan sal köproq vaqtdan keyin mamlakatimizda prezident saylovlari bölib ötadi. Men unda iştirok etiş borasida uzoq öyladim va iştirok etişim haqidagi xulosaga keldim. Men Rossiya prezidenti lavozimi uçun kuraşda iştirok etaman", deb aytgan Navalniy.
Muxolifatçining fikriça, bu qaror butun mamlakat va "har bir aniq odam", jumladan uning ğoyalarini qöllab-quvvatlamaydiganlar uçun ham foydali böladi. Navalniyning aytişiça, u saylovçilarga davlatni rivojlantirişning munosib dasturini taklif qilişga tayyor.
Bir oy avval Rossiya Oliy sudi prezidiumi Navalniyga qarşi "Kirovles" işi böyiça ayblov hukmini bekor qilib, iş materiallarini Kirov sudiga qayta körib çiqiş uçun yuborgan. Şu tariqa, uşbu iş böyiça hozirça muxolifatçi saylovda iştirok etiş böyiça huquqi çeklanmagan.
Ayni vaqtga kelib "Yabloko" partiyasining sobiq yetakçisi Grigoriy Yavlinskiy ham prezident saylovlarida iştirok etiş istagini bildirgan.













