14 dekabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining (YeXHT DIIHB) Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatiş böyiça missiyasi rahbari, elçi Peter Yoxan Teyler bilan uçraşdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma'lum qildi.

Suhbat davomida 36 davlatning 193 vakili, jumladan, 20 uzoq va 150 qisqa muddatli kuzatuvçilardan taşkil topgan missiyaning Özbekistondagi faoliyati, şuningdek, Özbekiston va DIIHB örtasidagi munosabatlar, saylov qonunçiligini yanada takomillaştiriş masalalari böyiça hamkorlikning istiqbollari töğrisida fikr almaşildi.
Elçi Peter Teyler Özbekiston tomonini saylov kampaniyasining yakunlanganligi va bugun Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyod qiliş tantanali marosimi bölib ötganligi bilan tabrikladi hamda missiya faoliyati davomida körsatilgan kömak uçun minnatdorlik bildirdi.
Suhbatda missiya rahbari örinbosari Polina Mariya Lemos va ekspert Stefan Tszved qatnaşdi.
















