Jamiyat | 10:11 / 15.12.2016
13654
1 daqiqa o‘qiladi

Ingliz tilining Oksford lug‘ati yana bir so‘z bilan boyidi

Foto: AP

Ingliz tili bo‘yicha Oksford lug‘ati rasman yana bir so‘zga boyidi. Brexit so‘zi ushbu lug‘atga kiritildi, deb xabar qilmoqda Associated press agentligi.

«U qisqa muddat ichida keng foydalaniladigan va yaxshi anglanadigan so‘zga aylandi. Bu so‘z tilimizdagi bo‘shliqni to‘ldirdi hamda uning mazmunidan kelib chiqadigan jarayonning muhimligi sabab shunday natijaga erishdi», — deyishgan lug‘at tuzuvchilari. 

Ular, shuningdek, so‘z paydo bo‘lganidan 5 yil o‘tib uni lug‘atga kiritish maqsadga muvofiq bo‘lmasligini ham ta'kidlashgan va barcha gazetalar, ushbu so‘zning ma'nosini o‘quvchilar tushunishini anglagani bois, undan keng foydalangan. 

 

Mavzuga oid