Qirğizistonning Jogorku Keneşi yiğilişida deputatlar manfaatlar ziddiyati haqidagi qonun loyihasini ma'qullaşdi. Unga köra, mansabdor şaxslarga sovğalar oliş taqiqlab qöyiladi.

Qonun kuçi quyidagi toifadagi mansabdor şaxslarga amal qiladi: 
 - davlat, fuqarolik va munitsipal xizmatda bölgan ma'muriy lavozimlarni egallovçi şaxslar;
-  siyosiy davlat lavozimlari, maxsus davlat lavozimlari va siyosiy munitsipal lavozimlarni egallovçi şaxslar;
- faoliyati davlat yoki mahalliy byudjyetdan moliyalaştiriladigan yoki ustav kapitalida davlat uluşi bölgan muassasa, taşkilot va korxonalar rahbarlari, davlat mulkini boşqariş işonib topşirilgan şaxslar.

Uşbu şaxslarga xizmat vazifalarini bajarişda ular yoki ularga yaqin şaxslar şaxsiy manfaatga ega bölgan qarorlarni işlab çiqiş, ularni muhokama qilişda iştirok etiş va qabul qiliş taqiqlanadi. 

Davlat va munitsipal xizmatçilarga narxi 10 ta eng minimal iş haqidan (hozirda eng minimal iş haqi ming qirğiz sömi qilib belgilangan) oşmagan sovğalarni olişga ruxsat beriladi. 

Diplomatik sovğalarni rasmiy tadbirlar doirasida olişga ruxsat beriladi. Bunday sovğalar davlat mulki hisoblanadi va davlat organi, mahalliy özini boşqariş organi, korxona balansiga topşirilişi kerak böladi.

Munitsipal va davlat xizmatçilari diplomatik sovğani Qirğiziston hukumati tomonidan örnatilgan holat va tartibda sotib olişlari mumkin böladi. Sovğalarni hisobga oliş, baholaş. saqlaş, ulardan foydalaniş va ularni sotib oliş, ularni qayd qiliş jurnali şakli hukumat tomonidan örnatilgan tartibda amalga oşiriladi.