Janubiy Koreyaning Sonnam şahri rahbariyati mamlakatning eng yirik bozori Moran’da itlarni öldirib, ularning göştini sotişni taqiqlab qöydi, deb xabar bermoqda The Korea Herald naşri.
Şahar rahbariyati va bozorning savdogarlari uyuşmasi örtasidagi kelişuvga köra, keyingi haftadan bozordagi itlar söyiladigan kuşxonalar va ular saqlanadigan qafaslar olib taşlana boşlanadi va bu jarayon mart oyi boşidagina töliq yakunlanadi. Bozorda hammasi bölib 22 ta nuqtada it göşti sotiladi. Şahar rahbariyati öz biznesini özgartirişga majbur böladigan it göşti sotuvçilariga moliyaviy kömak körsatadigan böldi.
Uşbu kelişuv oçiq osmon tagidagi an'anaviy bozorlarni qayta jihozlaş loyihasining bir qismi hisoblanadi. "Biz işni bozordagi kuşxona va qafaslarni olib taşlaşdan boşlaymiz va oxir-oqibat butun bozorda it göşti sotilişini töxtatamiz", deb ma'lum qildi şahar rahbariyati vakili.
Moran bozori 1960-yillarda oçilgan. Bu bozorda tirik jonzotlardan tortib qadimiy buyumlargaça bölgan mahsulotlar sotiladi. Bozorda har yili 80 mingga yaqin ölik va tirik itlar sotiladi. Bozorning uluşiga mamlakatda iste'mol qilinadigan butun göşt miqdorining uçdan biri töğri keladi. Bundan taşqari, bozordagi itlar tor qafaslarda saqlanadi hamda xaridor biror itni tanlaganda, it uning köz öngida söyib beriladi.

















