Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Oq uyning hozirgi matbuot kotibi “ahmoq yigit”
Foto: AP
AQShning saylangan prezidenti payshanba kuni Oq uyning hozirgi matbuot kotibi Josh Ernestni “ahmoq yigit” deb atadi.
“Josh Ernest ahmoq yigitdir. Men u prezident Barak Obama bilan gaplashishi borasida hech narsa bilmayman. Yaxshi matbuot kotibining bo‘lishi juda muhim, sababi u (Ernest) axborot yetkazishni eplay olmaydi”, - dedi Tramp Xershi shahri (Pensilvaniya shtati)dagi tarafdorlari oldida chiqish qilarkan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ernest “ijobiy ma'lumotni ham shunday yetkazadiki – bu xuddi yomon narsadek eshitiladi”. “U aytishi mumkin: xonimlar va janoblar, biz IShIDni butunlay yo‘q qildik, va bu yaxshi eshitilmasligi aniq”, - deya qo‘shimcha qilgan saylangan prezident.
Trampning bunday so‘zlari Oq uy matbuot kotibi tomonidan so‘nggi kunlarda bildirilgan fikrlarga javob tariqasida aytildi. Xususan, Ernest Tramp Rossiyaning AQShdagi saylovlar vaqtida kiberfaolligidan xabardor bo‘lganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
16:06 / 01.12.2025
Oq uy saytida OAV uchun “sharmandalar zali” ochildi
08:30 / 27.11.2025
Oq uy yaqinida otishma: afg‘onistonlik muhojir milliy gvardiyachilarni o‘qqa tutdi
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
21:20 / 21.10.2025