Damaşqda politsiya bölimida portlaşni sodir etgan bola 7-8 yoşli qizça bölgan, deb xabar bergan Damaşq huquq-tartibot muassasalari.

"Taxminlarça, qiz ustidagi portlovçi qurilma harakatga keltirilgan. Oqibatda qizça halok bölgan, bir politsiyaçi jarohat olgan", deb aytilgan xabarda. 

Politsiyada ta'kidlanişiça, 7-8 yaşar qizçani Damaşqning Al-Midan tumanidagi politsiya bölimiga soat 16.20da noma'lum kimsa olib kelgan. Xabarda aytilişiça, qizça politsiya bölimiga kelib, "ota-onasini yöqotib qöygani va yölni bilmasligini aytgan". "Şundan keyin uni tafsilotlarni örnatiş uçun bölimga olib kirişgan. U hojatxonaga bormoqçiligini aytgan va u yerda portlaş yuz bergan", deyilmoqda xabarda.

TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qilinişiça, qizça nima yuz berişidan bexabar bölgan, undagi portlovçi qurilma masofadan harakatga keltirilgan.

"Qizça jasadi binoda yotibdi. Taxminlarça, undagi portlovçi qurilma masofadan harakatga keltirilgan. Qizçadan foydalangan bölişlari mumkin", deb aytildi xabarda.

Uşbu hodisa terakt sifatida tasniflangan.

Raqib ismli politsiya serjanti "ayni vaqtda politsiya xodimlari fojianing barça tafsilotlarini aniqlaşga qaratilgan bir qator tergov harakatlarini ötkazayotganlarini" aytgan. "Portlaş oqibatida uzoq yildan beri huquq-tartibot muassasalarida xizmat qilayotgan politsiyaçi jarohat oldi, qolgan jabrlanganlar yöq", deb aytgan politsiyaçi.

Politsiya bölimidagi portlaş uning 2-qavatida yuz bergan. Portlaş oqibatida içki xonalardan birining devori butkul vayron bölgan. Hozirda politsiya bölimi atrofida  beton tösiqlar qöyilgan.