Qoçqinlar masalalari böyiça xalqaro taşkilot 2016 yilning ötgan davrini sarhisob qildi. Unga köra, joriy yil muhojirlar uçun eng ayançli va halokatli bölgan. 2016 yilda dunyo böylab 7 mingdan ortiq inson hayotdan köz yumgan, deyiladi taşkilot hisobotida.
Uning ma'lumotlariga köra, 2016 yilda turli holatlar böyiça köçişga, vatanini tark etişga majbur bölgan 7 ming 189 kişi halok bölgan yoki bedarak yöqolgan. Bunda ularning yarmidan ortiği — 4 ming 812 kişi — Örta yer dengizida hayotdan köz yumgan yoki bedarak yöqolgan. Tadqiqotçilar yil yakunigaça ölim holatlari yana ortişi mumkinligini inkor etişmayapti.
Umuman, Yevropa mamlakatlariga Örta yer dengizi orqali 357 ming 249 kişi kirib kelgan. Muhojirlarni qabul qiliş böyiça Gretsiya yetakçi bölgan. Bu mamlakatda 170 mingdan ortiq muhojir boşpana topgan.

















