Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh qizlarni Qozog‘istonga “jinsiy qullikka” jo‘natgan ayol fosh etildi
Foto: Fotolia
O‘zbekistonlik yosh qizlarni yuqori maoshli ishga joylashtirishni va'da qilib, Chimkentga “jinsiy qullikka” jo‘natishgan, deb xabar berdi Otyrar.kz.
Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qozog‘istonga “jinsiy qullik” maqsadida qizlarni yuborish bilan shug‘ullangan jinoyatchini qo‘lga olishgan.
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi 24 yoshli Yelena Orlova Qozog‘istonga Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida yashagan qizlarni “G‘ishtko‘prik” xalqaro o‘tkazish punkti orqali jo‘natib kelgan. Chimkentda esa qizlarni Regina ismli bir necha shaxsiy saunalarga ega Qozog‘iston fuqarosi kutib olgan. Orlova har bir qiz uchun undan 400 dollar olib turgan.
Xabar qilinishicha, ayol O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi qizlarni jo‘natishga uringanida qo‘lga olingan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Odam savdosi” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayol aybdor deb topilib, besh yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Shu bilan bir qatorda, sud yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib Orlovaning jazosini bir yillik sinov muddati bilan shartli hukmga alishtirdi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026