Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “2017-2019 yillarda Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi dasturni imzoladi.
 
2019 yilgaça kompleks rivojlantiriş dasturiga muvofiq, uşbu tuman hududida quriliş borasida yangi investitsiya loyihalarni taşkil etiş, oziq-ovqat va iste'mol mahsulotlari işlab çiqaruvçi sanoat quvvatlarini modernizatsiya qiliş, texnik va texnologik yangilaş hamda quriliş mollari işlab çiqariş böyiça korxonalar barpo etiş közda tutilgan. Umumiy hisobda 108ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Şundan 76tasi 2017 yilda, 22 tasi 2018, 10tasi 2019 yilda amalga oşiriladi. Qişloq xöjaligi texnikalari, tibbiyot uskunalari va jihozlar, dorilar, tekstil mollari, plastmassa mahsulotlari, mebel, neft mahsulotlari va boşqalarni işlab çiqiş yölga qöyiladi. 

Bundan taşqari, dasturga muvofiq, xizmat körsatiş sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalar, jumladan, sport-soğlomlaştiriş majmualarini modernizatsi qiliş va barpo qiliş, tibbiy va stomatologiya xizmatlari, öquv markazlari, transport xizmatlari, savdo-xöjalik majmualari, köngiloçar miniparklarni quriş nazarda tutilgan. 

2019 yilgaça Mirzo-Uluğbek tumanida 15dan ortiq köp xonadonli turarjoy, Buyuk Ipak yöli va Gulsanam köçalari kesişmasida "Navröz dehqon bozori" ham quriladi. 

Şu bilan birga, 97ta köçada avtomobil yöllarini quriş va ta'mirlaş, 52ta mavzelararo yöllarni kapital ta'mirlaş, 12ta maktabni kapital ta'mirdan çiqariş belgilangan.