Xitoyning Anxoy viloyatilik ğazabi tölib-toşgan axlat yiğuvçi ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölib ketdi. Bunga uning belgilanmagan joyda taşlab ketilgan avtomobilni axlat konteynerlari bilan örab taşlagani sabab bölgan. Transport vositasi axlatxonaga kiriş yölini ham yopib qöygani xabar qilinmoqda.
Bu haqdagi rolik The South China Morning Post gazetasi tomonidan çop etildi. Naşrning ta'kidlaşiça, axlat yiğuvçiga avtomobil özi işlaydigan joyga kiriş yölini yopib qöygani ayniqsa qattiq ta'sir qilgan. U qoidabuzar haydovçini öziga xos usulda jazoladi.
Video qahramonining aytişiça, maşina sabab deyarli işlay olmagan, şuningdek iş joyidan çiqib ham ketolmagan.
Naşr xabariga köra, köplab internet foydalanuvçilari uning bunday “taşabbusini” qöllab-quvvatlaşdi.
















