MIBning Namangan şahar bölimi tomonidan köp miqdorda yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçidan jarimalar undirilgan. MIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga taqdim qilgan ma’lumotga köra, haydovçi 76 ta qoidabuzarlik qilib, jarimalarni vaqtida tölamay kelgan.

MIB işçi guruh tomonidan ötkazilgan tadbirda qoidabuzar haydovçining maşinasi vaqtinçalik jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Ma’lum bölişiça, haydovçi özi boşqaruvidagi maşinada asosan tezlikni belgilangan me’yordan oşiriş hamda yöl çiziqlarini bosib harakatlaniş bilan boğliq qoidabuzarliklarni sodir qilib kelgan.

Qöllangan jarimalarni esa 60 kun içida tölanmagaç, hujjatlar MIB Namangan şahar bölimi iş yurituviga kelib tuşgan. Davlat ijroçisi tomonidan haydovçi qarzdorlikni bartaraf etiş yuzasidan ogohlantirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida haydovçi 30,8 mln söm jarimani tölab, qarzdorlikni töliq bartaraf qilgan.

Oldinroq 50 marta kamera va radarlarga tuşgan qoidabuzar jarima bayonnomalaridan kolleksiya yiğayotgani xabar qilingandi.