Xitoylik rejissyor Çjan Imouning boş rolni aktyor Mett Deymon öynagan, "Buyuk devor" deb nomlangan filmi Xitoydagi prokatining birinçi uikendidayoq (juma-yakşanba) 462,5 mln yuan (67 mln dollar) yiğdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligining ta'kidlaşiça, filmning muvaffaqiyati Gollivudning serdaromad aktyorining mahalliy rejissyor va mavzu bilan qorişmasi kinoga sotiladigan çiptalarning ösişiga imkon beruvçi usul ekanligidan darak beradi.
Katta kölamli filmning byudjyeti 150 mln dollarni taşkil qilgan. "Buyuk devor" filmi prokatga çiqqanining birinçi kuni – 16 dekabrdayoq 123 mln yuan yiğib, blokbaster maqomini oldi. Xitoyda kamida 100 mln yuan yiqqan film xit hisoblanadi. Hozirda Xitoy AQŞdan keyin eng yirik kino bozori hisoblanadi.
Bloomberğning yozişiça, tomoşabinlar va tanqidçilarning filmga munosabatlari turliça bölgan. Film uçun ijobiy tavsiflar juda muhim, çunki u yaqin haftalarda boşqa davlatlarda namoyiş qilina boşlanadi.
2016 yilda "Varkraft" filmi Xitoyda 212 mln dollar yiğib, xitga aylangandi, biroq AQŞda bor-yöği 47,2 mln dollar yiğib, muvaffaqiyatsizlikka uçragan.

















