Anqarada Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovga qurolli hujum uyuştirildi. Bu haqda NTV telekanalida xabar qilindi.
Telekanal ma'lumotiga köra, qurollangan şaxslar fotokörgazma ötkazilayotgan zalga bostirib kirişgan. Öqotar quroldan jarohatlangan Karlov oğir ahvolda şifoxonaga olib ketilgan.

Hozirça Anqaradagi Rossiya elçixonasi bu xabarga izoh bermayapti.
Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova yaqin vaqt içida hodisa tafsilotlari aniqlaşişini aytib, faqat rasmiy ma'lumotlarga tayanişni söragan.


















