Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining sobiq rahbari, general-leytenant Bahodir Matlubov davlat xizmatiga qaytdi. Kun naşrining manbasi bergan ma'lumotga köra, Bahodir Ahmedoviç endilikda IIV Akademiyasi rahbarligiga tayinlangan.
U bu lavozimda general-mayor Ikromov Şavkatni almaştirdi.
Eslatib ötamiz, Bahodir Matlubov 2006 yil yanvaridan 2013 yilning dekabrigaça Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligini boşqargan. U 2013 yilning 15 dekabrida Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov farmoni asosida işdan olingandi va uning örniga Adham Ahmedboyev tayinlangandi.
Bahodir Ahmedoviç Matlubov 1952 yilning 10 mart kuni Samarqand şahrida tuğilgan.
U 1973 yilda Samarqand Davlat universitetining ximiya fakultetini tamomlagan va içki işlar organlari sohasida faoliyat boşlagan. U 1978-1983 yillarda Samarqand Davlat universitetining yuridik fakultetida va parallel ravişda militsiya akademiyasida öqiydi.
Mehnat faoliyati:
1973 - 1978 – Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasining jinoiy-qidiruv bölimi katta maxfiy agenti.
1978 - 1983 – Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği örinbosari.
1983 - 1989 - Samarqand viloyati Siyob tumani Içki işlar boşqarmasi boşliği.
1989 - 1990 -Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği örinbosari.
1990 - 1994 - Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği.
1994 - 1997 - Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği.
1997 - 2004 - Özbekiston Içki işlar vaziri birinçi örinbosari.
2004 - 2006 - Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi raisi.
2006 - 2013 - Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri.
2013 yilning 14 dekabridan nafaqada.
2001 yilda general-leytenant unvonini olgan. "Mehnat şuhrati" ordeni sohibi.
2004-2013 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengaşining doimiy a'zosi.














