Berlindagi teraktdan söng qölga olingan pokistonlik hujum ijroçisi emas, haqiqiy jinoyatçi hali-hamon erkinlikda yuribdi, deb xabar berdi Welt şahar politsiyasiga tayanib.

"Biz boşqa erkakni qölga oldik, şu sababdan vaziyat özgarmaydi. Haqiqiy jinoyatçi qurollangan va erkinlikda, u jiddiy xavf tuğdirişi mumkin", - deya ma'lum qilgan manba.

Politsiya va maxsus xizmatlar bundan xabardor, deb xabar beradi gazeta.

Eslatib ötamiz, duşanba kuni keçqurun Berlin markazidagi rojdestvo yarmarkasiga yiğilgan kişilar ustiga yuk maşinasi atayin haydalgan. Buning oqibatida 12 kişi halok böldi, yana 48 nafar inson kasalxonaga yetkazildi. Germaniya hukumati fojiani terakt deb tan olgan.

Maxsus xizmatlar esa yuk maşinasi haydovçisini qölga olişdi. Welt gazetasining ta'kidlaşiça, qölga olingan şaxs 1993 yilning 1 yanvar kuni tuğilgan pokistonlik Navod B. bölib çiqdi. DPA agentligining xabariga köra, u Germaniyaga fevral oyida bolqon yönalişi böylab kirib kelgan. OAV ma'lumotlariga köra esa gumondor avvalroq mayda qoidabuzarliklar tufayli politsiya e'tiboriga tuşgan.